«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratish

(51-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)

Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan ta'minlanmagan, qarzdorga qo'yilgan barcha talablarni to'liq qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmagan taqdirda, talablari mazkur mol-mulk bilan ta'minlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida turgan mol-mulk xatlab qo'yilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan ta'minlangan kreditorlarga bildirishnoma yuboradi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish va kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta'minlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini qanoatlantirish munosabati bilan qilingan xarajatlarning o'rnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta'minlangan talablarini to'liq qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmay qolsa, u holda ko'rsatilgan talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi. Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan ta'minlangan talablarni qanoatlantirish uchun qaratilgan bo'lsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat'i nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.