Ijro hujjatlariga doir ma'lumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va o'n yil davomida saqlanadi.
Ijro hujjatiga doir ma'lumotlarning Majburiyatlar reyestriga kiritilganligi qarzdorni qonunda belgilangan asoslar vujudga kelganda bankrot deb topish tartib-taomilini boshlashga to'sqinlik qilmaydi.
Ijro hujjatlariga doir ma'lumotlar quyidagi hollarda Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanadi:
1) ijro ishini yuritish qayta tiklanganda;
2) ijro hujjati amalda ijro etilganda;
3) undiruvchining arizasiga ko'ra;
4) ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga ko'ra ijro etilmasdan qaytarilganda;
5) iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish to'g'risidagi yoki qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to'g'risidagi qarorining ko'chirma nusxasi olinganda;
6) qarzdor yuridik shaxs davlat reyestridan chiqarilganda;
7) qarzdorning mol-mulki yoki pul mablag'lari haqidagi ma'lumotlar o'n yil davomida aniqlanmaganda.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
43⁴-modda. Majburiyatlar reyestridagi ijro hujjatlariga doir ma'lumotlarni saqlash va chiqarib tashlash tartibi hamda muddatlari
(3²-боб Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.