Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qo'llaydi:
1) undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag'lariga qaratish;
2) mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan ko'p bo'lmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari bo'yicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan majburiy ijro etish chorasi videokonferentsaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar to'lovi yuzasidan qarzdorlikni, ko'p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki to'lovlari bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risidagi ijro hujjatlariga nisbatan qo'llanilmaydi.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag'lariga qaratish, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag'lariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qo'llashga yo'l qo'yilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan ma'muriy javobgarlik qo'llanilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
43²-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo'llaniladigan majburiy ijro etish choralari
(43²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 20 апрелдаги ЎРҚ-1134-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.04.2026 й., 03/26/1134/0389-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.