Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo'lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo'yicha yoki o'z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to'g'risida qaror chiqarishga haqli, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo bo'yicha ijro ishini yuritish hollari mustasno.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to'g'risidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning ko'chirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi ma'lum bo'lsa), ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limiga (boshqarmasiga) hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlariga yuboriladi.
Agar ijro hujjati sud hujjati bo'lmasa va sud hujjati asosida berilmagan bo'lsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to'g'risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos bo'lgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u bo'yicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga ko'ra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlarini qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to'g'risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun alimentlar oldindan to'langan yoki aliment to'lash majburiyatini ta'minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo'lsa, davlat ijrochisi to'lov yoki garov shartnomasi to'g'risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlarini qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to'g'risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam bo'lmasligi lozim.
Alimentlarni oldindan to'lash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash uchun aliment to'lash majburiyatini ta'minlash bo'yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta'minlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining hamkorligi tartibi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
42¹-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash
(42¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 октябрдаги ЎРҚ-974-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.10.2024 й., 03/24/974/0804-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.