«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

37-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish asoslari

(37-модда иккинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi: 1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e'lon qilinganda, bedarak yo'qolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qo'yilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yo'qolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga o'tishi mumkin bo'lmasa; 2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yo'qolganda. Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan tugatiladi: 1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan bo'lsa; 2) undiruvchi va qarzdor o'rtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda; 2¹) undiruvchi va qarzdor o'rtasida mediativ kelishuv tuzilganda; 3) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish to'g'risida sud tomonidan ajrim chiqarilganda; 4) ijro hujjatini berishga asos bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga ko'ra ijro hujjati bo'lgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.