Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to'xtatib turilishi shart:
1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo'l qo'ysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e'lon qilinganda yoki bedarak yo'qolgan deb topilganda;
3) agar qonunchilikda nizolashishga yo'l qo'yilgan bo'lsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
4) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
5) ijro hujjati bo'yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni ro'yxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) to'g'risida sudga da'vo arizasi berilganda;
6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to'xtatib turilishi shart:
1) qarzdor muddatli harbiy xizmatda bo'lganda yoki muddatli harbiy xizmatda bo'lgan undiruvchi iltimos qilganda;
2) qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish bo'yicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qo'zg'atilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda, bundan ijro etilishi «To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq to'xtatib turilishi mumkin bo'lmagan ijro hujjatlari mustasno;
2¹) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
3) ijro hujjatini berish uchun asos bo'lgan sud hujjatini yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni to'xtatib turish huquqi qonunda berilgan mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda;
4) undiruvchi mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilganda, agar ijro ishi avval mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish munosabati bilan to'xtatib turilmagan bo'lsa;
5) qarzdor tomonidan ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'lari kiritilganda.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
34-modda. Ijro ishi yuritishni to'xtatib turishning majburiyligi
(34-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 августдаги ЎРҚ-1082-сонли Қонунига асосан 5-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.08.2025 й., 03/25/1082/0750-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.