Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida o'zi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, mazmuni va natijalarini o'z imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis o'zining qanday ijro harakatlarini amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari bo'yicha fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning o'z qo'li bilan yozilishi mumkin.
Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi ularga o'z huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Xolislar o'z majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan o'zlari qilgan xarajatlari qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
(19-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.