Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo'lish huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati bo'yicha qarzdor zimmasiga faqat uning o'zi shaxsan ijro etishi mumkin bo'lgan majburiyatlar yuklatilgan bo'lsa, shuningdek ijro hujjatining xususiyati undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi o'z vakili orqali harakat qilishga haqli emas.
Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonunchilikda yoki ta'sis hujjatlarida o'zlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaxslari orqali yoxud mazkur organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali ishtirok etadilar.
Yuridik shaxsning nomidan ishtirok etuvchi shaxslarda o'z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar bo'lishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
(13-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.