Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari amalga oshiradilar.
Fuqarolik, oilaviy, mehnat, ma'muriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog'liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
O'n olti yoshga to'lgan, voyaga yetmagan shaxs to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilingan taqdirda (emansipatsiya), u ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshirishi va majburiyatlarni bajarishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
10-modda. Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning ishtiroki
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.