«Ijara to'g'risida»gi qonun

3-modda. Ijara munosabatlarining ob'yekti

Quyidagilar ijara munosabatlarining ob'yektlari bo'lishi mumkin, chunonchi: korxonalar, ayrim ishlab chiqarishlar, tsexlar, fermalar, boshqa bo'linmalar, tashkilotlar; ayrim binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari, inventarlar, asboblar, boshqa moddiy boyliklar; yer (qishloq xo'jaligi uchun ajratilgan yerlar ijaraga faqatgina qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi) va boshqa tabiiy resurslar. Ijaraga topshirishga yo'l qo'yilmaydigan korxonalar, tashkilotlarning turlari (guruhlari), mulk va tabiiy resurslarning turlari O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.