«Ijara to'g'risida»gi qonun

22-modda. Ijara korxonasining maqomi

(22-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан 2025 йил 8 майдан чиқарилади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон)

Korxona ijara shartnomasi imzolanganidan, umumiy yig'ilishda (konferentsiyada) ustav tasdiqlanganidan keyin ijara korxonasi maqomiga ega bo'ladi. Ijara korxonasining ustavida Davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalaridan tashqari korxonaning qarzlari bo'yicha ijara jamoasi a'zolarining mulkiy javobgarligi ko'zda tutilishi kerak. Ijara korxonasini tashkil etish, uning faoliyati va uni tugatish «O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar to'g'risida»gi Qonun hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ijara korxonasi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan va korxona mulkini belgilangan tartibda qabul qilib olgandan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo'ladi. Ijaraga olingan korxonaning xo'jalik faoliyatini ijaraga oluvchi mustaqil yuritadi. Ijara shartnomasi bo'yicha olgan majburiyatlarini bajarish doirasidan tashqarida ijarachi boshqaruvda va o'z xo'jalik faoliyatida batamom erkindir. Ijaraga beruvchining ijaraga olingan korxona faoliyatiga aralashishiga, rejalarni, hisobotlarni va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda shartnomada ko'zda tutilmagan boshqa ma'lumotlarni o'ziga berishni talab qilishiga yo'l qo'yilmaydi. Ijara korxonasini boshqarish «O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va ustavga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.