Ichki ishlar organi xodimi g'ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo'ladi.
Ichki ishlar organi xodimining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o'rni ichki ishlar organlari tomonidan byudjetdan tashqari jamg'arma mablag'lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ichki ishlar organlarining intizom ustaviga muvofiq javobgar bo'ladi.
Qaysi jismoniy yoki yuridik shaxs o'zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga ichki ishlar organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi sabab bo'ldi deb hisoblasa, o'sha jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
46-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.