Ichki ishlar organlari faoliyatni o'z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiradi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash;
tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o'tkazish;
jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qo'yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo'li bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash;
ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta'sir ko'rsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish bo'yicha ishlarni tashkil etish;
ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritish, ma'muriy jazolarni qo'llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etish;
yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash;
pasport tizimi talablarining bajarilishini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o'q-dorilarining, sanoat uchun mo'ljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi sohasini nazorat qilish;
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;
davlat ob'yektlarini, o'ta muhim, toifalangan ob'yektlarni va boshqa ob'yektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo'riqlash;
litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish;
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari
(4-модданинг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.