Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Ichki ishlar organlari xizmat uy-joy fondiga ega bo'lishi mumkin.
Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to'lanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish huquqi beriladi va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auktsion vositasida sotib olish xarajatlarining o'rni qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
38-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan ta'minlash
(38-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.