«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

34¹-modda. Ichki ishlar organlari tergov bo'linmalari xodimlarining daxlsizligi

(34¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Ichki ishlar organlarining tergov bo'linmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, bo'linmalari rahbarlariga va boshlig'iga nisbatan esa O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarlari tomonidan qo'zg'atiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.