«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

30-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmat

(30-модданинг ўнинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 ноябрдаги ЎРҚ-1008-сонли Қонунига асосан чиқарилиш санаси 2025 йил 3 январь — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.12.2024 й., 03/24/1008/0988-сон)

Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonunchilikning amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni o'tash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi. Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas. Zarur bo'lgan hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni o'tashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin. Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to'rt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi. Sutkalik rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmatni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqo'shin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish o'rniga xizmatni o'tash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik o'tash belgilanishini nazarda tutadi. Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlarining xodimlariga ta'tilni o'tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo'lgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qo'shilgan holda davomiyligi o'ttiz kalendar kun bo'lgan haq to'lanadigan har yilgi ta'til beriladi. Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun: o'n yillik xizmatdan so'ng — davomiyligi besh kun; o'n besh yillik xizmatdan so'ng — davomiyligi o'n kun; yigirma yillik xizmatdan so'ng — davomiyligi o'n besh kun bo'lgan, haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi. Ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa turdagi ta'tillar ham berilishi mumkin. «Ichki ishlar organlarida xizmatda bo'lishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun — oltmish yoshni, ayollarga esa (mavjud unvonidan qat'i nazar) — ellik yoshni tashkil etadi. Ichki ishlar organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining maxsus unvonlariga ega bo'lgan, belgilangan chegaradagi yoshga to'lgan xodimlari zaxiraga yoki iste'foga chiqariladi. Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega bo'lgan va sog'lig'ining holatiga ko'ra xizmatni o'tashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ushbu xodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega bo'lgan shaxslarning xizmat muddati esa o'n yilgacha bo'lgan muddatga uzaytirilishi mumkin. Xizmatda qoldirish muddatini uzaytirish to'g'risidagi qaror xodimni ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo'yicha ichki ishlar organlaridan bo'shatish imkoniyatini istisno etmaydi. Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlik, majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va ichki ishlar organlari tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga katta hissa qo'shganlik, xizmat burchini bajarish chog'ida mardlik va jasorat ko'rsatganlik, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun xodimlar O'zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta'sis etiladigan farqlovchi idoraviy belgilar bilan taqdirlanishga taqdim etilishi mumkin. Ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlari mehnat to'g'risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.