«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

14-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish

(14-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 23 июлдаги ЎРҚ-1166-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1166/0842-сон)

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va lavozimidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladi. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo'limlarining) boshliqlari Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida ko'rsatilmagan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.