Воздушный кодекс

94-modda. Ta'rif

(94-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2013 йил 30 апрелдаги ЎРҚ-352-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2013 й., 18-сон, 233-модда)

Aeroportlar va havo transportida tashuvchilar tomonidan bajariladigan yo'lovchilar, qo'l yuki va yukni belgilangan manzilga yetkazishni bevosita amalga oshirish bilan bog'liq tadbirlar va operatsiyalar majmui havo transportida tashish deb hisoblanadi. Havo transportida tashish yo'lovchilar, qo'l yuki va yuk aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qo'nish joyida bo'lishidan qat'i nazar, tashuvchining javobgarligi ostida bo'lgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi. Havo kemasining jo'nash, qo'nish manzili va nazarda tutilgan barcha oraliq qo'nish manzillari O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan parvozi chog'ida bajarilgan tashish ishlari havo transportida ichki tashish deb hisoblanadi. Havo kemasining parvoz davomida yangi yuk olgan-olmaganidan yoki parvozda tanaffus bo'lgan-bo'lmaganidan qat'i nazar, jo'nash va qo'nish manzillari: a) ikki davlat hududida: b) agar boshqa davlat hududida oraliq qo'nish manzili (manzillari) nazarda tutilgan bo'lsa, bir davlat hududida bajariladigan parvozlari chog'idagi tashish ishlari havo transportida xalqaro tashish deb hisoblanadi. Ekspluatant sertifikati bo'lgan havo kemasining ekspluatanti tashuvchi deb e'tirof etiladi. Havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim bo'lgan shaxs yo'lovchi deb hisoblanadi. Qo'l yuki – yo'lovchining tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashilayotgan shaxsiy ashyolari. Yuk – havo kemasida tashilayotgan yoki tashish uchun qabul qilingan (pochta va xalqaro pochta bitimlarining shartlariga ko'ra tashiladigan boshqa mol-mulk, tashuvchining qo'l yuki yoki mol-mulkidan tashqari) har qanday mol-mulk, shuningdek yuk xati bo'yicha tashiladigan qo'l yuki. Aviatsiya vositalarida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar (buyurtmachi)ning texnologik yoki transport ishlab chiqarish jarayonlarini ta'minlash maqsadida, shu jumladan eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlarini, sanitariya va tabiatni qo'riqlash tadbirlarini, aholiga tibbiy yordam ko'rsatish, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatish maqsadida tijorat asosida bajariladigan maxsus yumushlar aviatsiya ishlari qatoriga kiradi. Aviatsiya ishlariga mansub xizmatlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati tomonidan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.