Воздушный кодекс

88-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash

Havo kemasi, uning tarkibiy qismlari, kema ichidagi va yerdagi ob'yektiv nazorat vositalari, havo kemasidagi hamda yerdagi aviatsiya halokatiga yoki baxtsiz hodisaga aloqador barcha predmetlar, havo kemasini ishlab chiqarish, ta'mirlash, undan foydalanish va uning parvozini ta'minlash bilan bog'liq barcha hujjatlar mazkur halokatni (baxtsiz hodisani) tekshiruvchi komissiya a'zolari yetib kelgunga qadar tashkilotlar va fuqarolar tomonidan daxlsizlikda saqlanmog'i lozim, ushbu Kodeksning 82-moddasi ikkinchi qismida ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno. Tekshirish komissiyasi raisining talabiga binoan zarur ashyoviy dalillar hech bir to'siqsiz ushbu komissiya ixtiyoriga to'laligicha berilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.