Воздушный кодекс

81-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqida xabar qilish

(81-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Aloqa vositalariga ega bo'lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shu vositalarni halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqidagi ma'lumotlarni zudlik bilan xabar qilish uchun foydalanishga berib turishlari shart. Aloqa vositalarini berish, halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasiga, uning yo'lovchilari va ekipajiga yordam ko'rsatish haqidagi xabarlarni qabul qilish va jo'natish hech qanday navbatsiz oddiy tarif bo'yicha haq olib amalga oshiriladi. Bunday hodisa to'g'risidagi birinchi ma'lumotni xabar qilish bepul amalga oshiriladi. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqida xabar berish uchun umumiy aloqa vositalaridan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Aviatsiya ma'muriyati va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o'zlariga ma'lum havo kemalarining halokati to'g'risida Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatiga yoki eng yaqin aerodromga zudlik bilan xabar berishlari shart. Fuqarolar bunday holatlarda zudlik bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yoki eng yaqin korxona, muassasa va tashkilotlarga xabar berishlari shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.