Воздушный кодекс

66-modda. Havo kemasining havo transporti qatnoviga xizmat ko'rsatuvchi organlar bilan radioaloqasi

(66-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)

Aloqa vositalariga ega bo'lgan har bir havo kemasiga shartli radiochaqiriq signali beriladi. Nazorat qilinadigan samoviy hududda parvoz etayotgan havo kemasi bilan shu parvozga dispetcherlik xizmati ko'rsatayotgan organ o'rtasida muntazam radioaloqa bo'lmog'i lozim. Aloqa uzilib qolgan taqdirda havo kemasining komandiri va havo transporti qatnoviga xizmat ko'rsatayotgan organlar aloqani tiklash uchun barcha zarur choralarni ko'rishlari shart. Agar ko'rilgan choralar natijasida radioaloqani tiklab bo'lmasa, havo kemasining komandiri va havo transporti qatnoviga xizmat ko'rsatayotgan organlar O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga binoan harakat qilishlari lozim. Nazorat qilinmaydigan samoviy hududda bo'lgan havo kemalarining ekipajlari bir-birlariga axborot berib turishlari, favqulodda vaziyatlarda esa – havo transporti qatnoviga xizmat ko'rsatuvchi va favqulodda vaziyatlar bo'yicha eng yaqin organlarga avariya kanallari orqali axborot berishlari lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.