Havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs havo kemasining ekspluatanti deb e'tirof etiladi.
Ekspluatant sertifikati Aviatsiya ma'muriyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. Bunda xususiy va ijaradagi havo kemalarining, parvozga oid va texnika xizmatlari tuzilmalarining mavjudligi bunday sertifikatni olish uchun majburiy shartdir.
Maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ekspluatant sertifikati berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Ekspluatant sertifikati berishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ekspluatant sertifikatini berish to'g'risidagi arizani takroran ko'rib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda to'xtatib turilishi, tugatilishi yoki ekspluatant sertifikati bekor qilinishi mumkin. Guvohnomani boshqa shaxsga berish mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn44-modda. Ekspluatant sertifikatini berish
(44-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 4 сентябрдаги ЎРҚ-373-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2014 й., 36-сон, 452-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.