Elektr uzatish ob'yektlari va liniyalarini qurish; samoviy hududda elektromagnit, yorug'lik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo bo'lishiga olib keladigan ishlar; qushlarning va yovvoyi hayvonlarning (kemiruvchilarning) ko'plab to'planishiga hamda ornitologik vaziyatning, parvoz paytida ko'rishning va aerodromlardagi uchish maydonlari holatining yomonlashuviga sabab bo'luvchi ob'yektlarni joylashtirish; havo kemalari parvoz qilish va qo'nish zonalariga baland o'sadigan daraxtlarning ko'chatlarini o'tqazish; shuningdek samoda moddiy ob'yektlar harakati bilan bevosita aloqasi bo'lmagan, ammo havo kemalarining, boshqa uchuvchi apparatlarning parvoziga, asbob-uskunalari va ulardagi odamlar xavfsizligiga ta'sir etuvchi har qanday boshqa faoliyat aerodrom hududidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo'lgan faoliyatlar jumlasiga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn17-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo'lgan faoliyat
(17-модда Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 26 декабрдаги 549-I-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1998 й., 3-сон, 38-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.