Воздушный кодекс

101-modda. Tashishga doir hujjatlar

(101-модда матни Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)

Chipta va qo'l yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qog'ozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yo'lovchini va qo'l yukini, pochtani va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir. Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi. Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.