Garov reyestrini yurituvchi tashkilot:
murojaat etgan har bir yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuziladigan shartnoma asosida yozuv kiritish uchun garov reyestriga kirish, shuningdek undan real vaqt rejimida, shu jumladan Internet axborot tarmog'i orqali foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarga garov reyestridan foydalanish bo'yicha maslahat xizmatlari ko'rsatadi;
murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslarga garov reyestriga yozuv kiritish oqibatlarini tushuntiradi;
garov reyestridagi axborotni qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs — soliq to'lovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona ro'yxatdan o'tkazish raqami bo'yicha izlash imkoniyatini ta'minlaydi;
foydalanuvchiga kiritilgan yozuv to'g'risida elektron shaklda, zarur hollarda esa qog'ozda axborot taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn«Garov reestri to'g'risida»gi qonun
5-modda. Garov reyestrini yurituvchi tashkilot vakolatlari
(5-модданинг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.