«Garov reestri to'g'risida»gi qonun

13-modda. Garov reyestridagi yozuvni izlash

(13-модданинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Garov reyestridagi yozuvni izlash qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs — soliq to'lovchining identifikatsiya raqami yoxud jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona ro'yxatdan o'tkazish raqami bo'yicha amalga oshiriladi. Garov reyestrini yurituvchi tashkilot yozuvlarni izlash natijalari bo'yicha elektron hujjat tarzida yoki qog'ozda garov reyestridan ko'chirma taqdim etishi mumkin. Garov reyestridan ko'chirma berilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda haq undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.