O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to'g'risidagi ma'lumotnomani rasmiylashtirish haqidagi so'rovnoma doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashab turgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga topshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to'g'risidagi ma'lumotnomani rasmiylashtirish to'g'risidagi so'rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma;
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat.
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to'g'risidagi ma'lumotnomani rasmiylashtirish haqidagi so'rovnomani ichki ishlar organlari tomonidan ko'rib chiqishning umumiy muddati O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma'lumotlar bazasiga talabnoma kiritilgan paytdan e'tiboran bir oyni tashkil etadi. So'rovnomani ko'rib chiqish jarayonida shaxsning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi tekshiriladi. Ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha ichki ishlar organi tomonidan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to'g'risidagi ma'lumotnoma beriladi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О гражданстве Республики Узбекистан»
44-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to'g'risidagi ma'lumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi
(44-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 февралдаги ЎРҚ-905-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2024 й., 03/24/905/0106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.