Bola o'zining tug'ilgan joyidan qat'i nazar, agar tug'ilgan paytida:
a) ota-onasi (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lsa;
b) uning ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lsa yoki bedarak yo'qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma'lum bo'lsa;
v) uning ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo'lsa, tug'ilganlik bo'yicha O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
Ushbu modda birinchi qismining «v» bandida nazarda tutilgan holda bolaning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida tug'ilgan, ota-onasi (yolg'iz otasi yoki onasi) fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lgan bola tug'ilganlik bo'yicha O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma'lum bo'lgan bola O'zbekiston Respublikasi fuqarosidir.
Otasi yoxud onasi O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug'ilgan joyidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О гражданстве Республики Узбекистан»
14-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug'ilganlik bo'yicha olish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.