Fuqarolik protsessual kodeksi

91-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi

Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs ushbu ashyoni ta'riflab berishi va bu ashyo mazkur shaxsda deb hisoblash uchun qanday asoslari borligini bayon etishi kerak. Sud tomonidan fuqarolar va tashkilotlardan talab qilinayotgan ashyoviy dalillar bevosita sudga yuboriladi. Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so'rov berishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.