Ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, ma'lumotnomalar, ishga oid yozishmalar, raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan hujjatlar va materiallar, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan o'zga usulda olingan boshqa hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
Sudga taqdim etilayotgan, to'liq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan bo'lsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
Chet davlatda olingan hujjat O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda legalizatsiya qilinmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
84-modda. Yozma dalillar
(84-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.