Fuqarolik protsessual kodeksi

64-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari

(64-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Tarjimon quyidagi huquqlarga ega: tarjimani aniqlashtirish maqsadida sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo'lmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad etish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish; sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tarjimaning to'g'riligi yuzasidan e'tirozlar taqdim etish. Tarjimon tarjimani to'liq va to'g'ri amalga oshirishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Tarjima qilishdan asossiz ravishda bosh tortganlik, shuningdek sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko'ra sudning chaqiruvi bo'yicha kelmaganlik uchun tarjimon ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Jarima solinishi tarjimonni sudga kelish va tarjima qilish majburiyatidan ozod etmaydi. Tarjimon bila turib noto'g'ri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq jinoiy javobgar bo'ladi, bu haqda u sud tomonidan tilxat olib ogohlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.