Fuqarolik protsessual kodeksi

56-modda. Guvoh

(56-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонунига асосан учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)

Ishga doir biror holatdan xabardor bo'lgan har qanday shaxs guvoh bo'la oladi. Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so'roq qilinishi mumkin emas: vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o'ziga ma'lum bo'lib qolgan holatlar to'g'risida — fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy ish bo'yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo'yicha himoyachilar, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha advokatlar, mediatorlar; arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o'zlariga ma'lum bo'lib qolgan holatlar to'g'risida; jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to'g'ri idrok qilishga yoki ular haqida to'g'ri ko'rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.