Fuqarolik protsessual kodeksi

49-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar

(49-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)

Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish bo'yicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan bo'lgan huquqlariga yoki majburiyatlariga ta'sir etadigan bo'lsa, sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da'vogar yoki javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi bo'yicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadi va ularning protsessual majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini o'zgartirish, miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish huquqi mustasno. Agar nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o'z harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida da'vogarning huquqlari buzilganligi to'g'risida arz qilingan talablarni tan olgan taqdirda, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklatish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qilishga haqli. Xuddi shunday hollarda, da'vogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o'rtasida kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo'l qo'yiladi. Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlangandan so'ng kirishgan bo'lsa, ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.