Fuqarolik protsessual kodeksi

460-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masalani apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi tomonidan hal qilish

(460-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi huquq to'g'risidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instantsiya sudiga topshirishi shart. Agar yuqori turuvchi sudning ajrimida sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masala bo'yicha hech qanday ko'rsatma bo'lmasa, javobgar birinchi instantsiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instantsiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan ko'rib chiqadi va hal qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.