Ish yangidan ko'rish uchun o'ziga topshirilgan sud o'z tashabbusi bilan qaytarma ijro to'g'risidagi masalani ko'rishi va uni yangi sud hujjatida yoki ajrimida hal qilishi shart bo'lib, shu bilan ish yuritish tamomlanadi.
Ishni yangidan ko'rayotgan sud bekor qilingan sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masalani hal qilmagan taqdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro to'g'risida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud majlisida ko'riladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi sud oldiga qo'yilgan masalaning hal etilishi uchun to'sqinlik qilmaydi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi ariza davlat boji to'lanmagan holda umumiy da'vo muddati ichida berilishi mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi ariza ariza kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda sud tomonidan ko'riladi.
Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi arizani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masala bo'yicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablag'larini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
459-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masalaning birinchi instantsiya sudi tomonidan hal qilinishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.