Fuqarolik protsessual kodeksi

447-modda. Ijro varaqasi

(447-модда иккинчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)

Ijro varaqasi sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. Ijro varaqasida quyidagilar ko'rsatilishi lozim: 1) ijro varaqasini bergan sudning nomi; 2) ijro varaqasining qaysi ish bo'yicha berilganligi va uning raqami; 3) ijro etilishi lozim bo'lgan sud hujjati qabul qilingan sana; 4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdor jismoniy shaxsning tug'ilgan sanasi va joyi, ish joyi, shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), mavjud bo'lgan taqdirda — undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami; 5) sud hujjatining qaror qismi; 6) sud hujjati kuchga kirgan sana; 7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati. Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo'lsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga ko'ra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qog'oz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.