Taftish instantsiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha:
1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni o'zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to'liq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to'liq yoki qisman o'zgartirishga;
4) ushbu Kodeks 372²-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372⁴-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko'rish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudiga yuborishga;
5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to'liq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda ko'rsatilgan asoslarga ko'ra arizani ko'rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to'liq yoki qisman tugatishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo'yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o'z kuchida qoldirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
419²⁸-modda. Shikoyatni (protestni) taftish tartibida ko'radigan sudning vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.