Fuqarolik protsessual kodeksi

419²³-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) to'ldirish, o'zgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish

Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs taftish instantsiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to'ldirishga, o'zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. Taftish tartibida protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror taftish instantsiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni to'ldirishga, o'zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, taftish instantsiyasi sudi ajrim chiqarib, shikoyat (protest) bo'yicha taftish tartibida ish yuritishni tugatadi. Shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli u bo'yicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan bo'lsa, boshqa taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.