Fuqarolik protsessual kodeksi

419¹⁵-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o'rganish

Ushbu Kodeksning 419⁴ — 419⁸-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan unga ilova qilingan materiallar asosida, zarur bo'lgan hollarda esa ishni talab qilib olib o'rganiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o'rganish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi: 1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 419¹⁰-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra qaytarish to'g'risida; 2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 419¹¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida; 3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud bo'lmasa, taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atida ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risida; 4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqaradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to'g'risidagi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay chiqariladi. Taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atida ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risidagi yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va ko'rib chiqish uchun sudlov hay'atiga o'tkazish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay, ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oydan kechiktirmay chiqariladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o'rganish natijalari bo'yicha chiqarilgan ajrimning ko'chirma nusxasi shikoyat bergan shaxsga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish haqidagi yoki uni ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxsning arizasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o'rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.