Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instantsiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish uchun sud majlisini o'tkazish vaqti va joyi ko'rsatiladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni kassatsiya instantsiyasida ko'rish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning kassatsiya tartibida ko'rilishiga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
407⁵-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
(4075-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.