Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxalar ko'chirish, rad etish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo'yicha o'zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e'tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo'lish va o'z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matnГражданский процессуальный кодекс
40-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
(40-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar — sud jarayonida qatnashayotgan odamlar (da'vogo'r, javobgar, uchinchi shaxs va boshqalar). Ular ish hujjatlarini o'qiy oladi, dalillar taqdim etadi, sudga savol beradi va o'z fikirlarini bildiradi. Shuningdek, ular sud qarorlari ustidan shikoyat qilish va boshqa huquqlardan foydalanish imkoniyatiga ega.
KIMGA TEGISHLI
Bu huquq va majburiyatlar sud jarayonida qatnashayotgan barcha shaxslarga — da'vogo'r, javobgar, uchinchi shaxs va ularning vakillarga tegishli.
AMALDA
Agar siz sud ishida da'vogo'r bo'lsangiz, ish materiallari bilan tanishish, dalillar taqdim etish, sud muhokamasi davomida o'z pozitsiyangizni bayon qilish huquqiga egasiz. Lekin bu huquqlardan insofli ravishda foydalanish kerak — yolg'on dalil taqdim qilish yoki sud jarayonini to'xtatib turish mumkin emas.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.