Fuqarolik protsessual kodeksi

389-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

(389-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo'lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa; 2) apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lmasa yoki apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 387-moddasining ikkinchi, to'rtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo'lsa; 3) apellyatsiya shikoyatiga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan bo'lsa, qonunda davlat bojini to'lashni kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 4) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab o'tgan holda yuborilgan bo'lsa; 5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan bo'lsa va o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa; 6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) haqida ariza tushgan bo'lsa. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari ko'rsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda to'langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.