Fuqarolik protsessual kodeksi

386-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni

(386-модда биринчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) shikoyat (protest) yo'llanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); 3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini qabul qilgan sud; 4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto'g'riligi nimadan iborat ekanligi; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro'yxati. Apellyatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellyatsiya protestini prokuror yoki uning o'rinbosari keltiradi va imzolaydi. Apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.