Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan nizolar mustasno.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo'lgan taqdirda birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjati ustidan apellyatsiya protesti keltirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
383-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi
(383-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.