Fuqarolik protsessual kodeksi

372¹-modda. Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv qo'zg'atish

Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv: 1) birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti bo'yicha; 2) birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest bo'yicha; 3) birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti bo'yicha; 4) birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest bo'yicha; 5) birinchi instantsiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan, shuningdek mazkur sud hujjatlarini ko'rib chiqqan apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining, tegishli taftish instantsiyasi sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish shikoyati yoki taftish protesti bo'yicha qo'zg'atiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.