Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda to'liq yoki qisman rad etadi, agar:
1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuniga binoan u qonuniy kuchga kirmagan bo'lsa;
2) hal qiluv qarori o'z zarariga qabul qilingan taraf ishni ko'rib chiqish vaqti va joyi to'g'risida o'z vaqtida hamda belgilangan tartibda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga ko'ra sudga o'z tushuntirishlarini taqdim eta olmagan bo'lsa;
3) ishni ko'rib chiqish O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga yoki qonunchiligiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga tegishli bo'lsa;
4) O'zbekiston Respublikasi sudining ayni bir taraflar o'rtasida, ayni bir predmet to'g'risida va ayni bir asoslar bo'yicha chiqqan nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa;
5) O'zbekiston Respublikasi sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o'rtasida, ayni bir predmet to'g'risida va ayni bir asoslar bo'yicha nizoga doir ish mavjud bo'lib, u yuzasidan ish yuritish chet davlat sudida ishni yuritish qo'zg'atilganidan oldin qo'zg'atilgan bo'lsa;
6) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati o'tgan bo'lib, bu muddat sud tomonidan tiklanmagan bo'lsa;
7) taraf nizoning vakolati bo'lmagan chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini isbotlovchi dalilni taqdim etgan bo'lsa;
8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan bo'lsa;
9) hal qiluv qarori O'zbekiston Respublikasining chet davlat sudi yoki chet davlat hakamlik sudi (arbitraji) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish bilan bog'liq xalqaro shartnomalari ishtirokchisi bo'lmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan bo'lsa;
10) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish O'zbekiston Respublikasining suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchilikning asosiy printsiplariga zid bo'lsa.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra ham rad etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
370-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari
(370-модда биринчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.