Fuqarolik protsessual kodeksi

368-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizani qaytarish

Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani hal etishda ariza ushbu Kodeksning 366, 367-moddalari talablari buzilgan holda berilganligini aniqlasa, arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni undiruvchiga qaytaradi. Sud arizani qaytarish to'g'risida ajrim chiqaradi. Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar undiruvchiga ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran besh kun ichida yuboriladi. Arizani qaytarish uchun asos bo'lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchi sudga umumiy tartibda yangidan ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.