Fuqarolik protsessual kodeksi

364-modda. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish

Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlari, agar bu O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo'lsa, tan olinadi hamda ijroga qaratiladi. Chet davlat sudlarining fuqarolik ishlari yuzasidan hal qiluv qarorlari, jinoyat ishlari bo'yicha chiqarilgan hukmlarining jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini qoplashga oid qismi, shuningdek chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) fuqarolik nizolari bo'yicha chiqargan hal qiluv qarorlari O'zbekiston Respublikasining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlari tomonidan tan olinishi hamda ijroga qaratilishi mumkin. Chet davlat sudlarining yoki chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarori, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, u qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran uch yil muddat ichida majburiy ijroga qaratilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.