Chet davlatga nisbatan da'vo taqdim etilishiga, da'voning ta'minlanishiga va undiruvning chet davlatning O'zbekiston Respublikasidagi mol-mulkiga qaratilishiga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilan yo'l qo'yilishi mumkin.
Chet davlatlarning O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakillari hamda ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari faqat O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki xalqaro huquq normalari bilan belgilanadigan doiradagina O'zbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari bo'yicha sudining yurisdiktsiyasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
362-modda. Chet davlatlarga nisbatan da'volar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.