Fuqarolik protsessual kodeksi

351-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish tartibi

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi. Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda hal qiluv qarori fuqarolik ishlari bo'yicha sudda nizolashilayotgan ishning materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin. Fuqarolik ishlari bo'yicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi. Sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 352-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e'tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo'li bilan aniqlaydi. Sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko'rib chiqishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.